Қайднома

Қидирув

«Истиқлол» бош мураббийи: «Эртага бизнинг мухлислар ҳам кўп бўлади»

«Истиқлол» бош мураббийи: «Эртага бизнинг мухлислар ҳам кўп бўлади»

  20.01.2020 17:14
  0
  327
«Истиқлол» бош мураббийи: «Эртага бизнинг мухлислар ҳам кўп бўлади»

OChL saralashi doirasida «Lokomotiv» – «Istiqlol» uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida mehmon jamoa bosh murabbiyi Mubin Ergashev hamda jamoa hujumchisi Аlisher Jalilov ishtirok etishdi.

– Futbol muxlislarini kirib kelayotgan yangi mavsum bilan tabriklayman. Oʼtgan mavsumdagisiga qaraganda ushbu mavsumda koʼproq qiziqarli oʼyinlar boʼlishini tilayman. Oʼyinga keladigan boʼlsak, bahsga koʼrilgan tayyorgarlik yaxshi boʼldi. Raqibni yaxshi oʼrganib chiqdik.

«Lokomotiv»ni tark etgan koʼplab futbolchilar oʼrnini yangilar egalladi. Shuningdek, jamoada bosh murabbiy oʼzgardi. Samvel Babayan va Аndrey Fyodorovning murabbiylik imzosi ikki xil koʼrinishda va oʼyinlari boshqacha taassurot beradi. Futbolchilarimizga ertangi oʼyin oldidan alohida talablar qoʼyamiz.

Аlisher Jalilov: – «Lokomotiv» OChLda har yili oʼynaydi. Ularning yaxshi jamoa ekanligini bilamiz. Shu boisdan uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik koʼrib, navbatdagi bosqichga chiqishimiz uchun harakat qilamiz.

– «Istiqlol» Osiyo Chempionlar Ligasi darajasiga tayyormi?

– Ha, tayyor. Chunki oʼtgan yillar davomida OFK kubogidagi ishtirok orqali «Istiqlol» bir necha bora ushbu ligaga tayyor ekanligini koʼrsatib berdi.

– «Istiqlol» OChL uchun uch legionerni roʼyxatdan oʼtkazgan. Ularning barchasi Toshkentga keldimi?

– Bu haqida indamay qoʼya qolay. Bu muxlislarga syurpriz boʼladi, ertangi oʼyinda buni bilib olasiz.

– «Lokomotiv»ning oʼyinlarini tomosha qildingizmi?

– Аndrey Fyodorovni yaxshi bilaman. U bilan birga oʼqiganman. «Lokomotiv»ning «Reynjers» bilan oʼyinini tomosha qildik. Shuningdek, «Jiangsu» bilan oʼyinni ham oʼrganib chiqdik. «Lokomotiv» ikki oʼyinda ikki hil taassurot qoldirdi. Shu boisdan jamoa ertaga qanday oʼyin koʼrsatishini bilish juda qiyin.

– Oʼzbek futbolidan yoqtirgan futbolchingiz bormi?

Аlisher Jalilov: – Odil Аhmedov. «Аnji», «Krasnodar»da oʼynagan futbolchini yaxshi bilaman. Аyni damda u faoliyatini Xitoyda davom ettirmoqda. «Lokomotiv»dan esa Marat Bikmaevni yaxshi taniyman. Uning oʼyinlari menga yoqadi.

– «Paxtakor»ga qarshi bekor qilingan oʼyin tayyorgarlik rejalariga jiddiy taʼsir oʼtkazdimi?

– Yoʼq. Ob-havo xudoning qudrati. Shu boisdan bundan unchalik hafa boʼlmadik. Ertangi oʼyinda bizning tomonga ham muxlislik qiladigan tomoshabinlar koʼp boʼladi. Shu boisdan oʼyin qiziqarli kechishi shubhasiz.


Манба: www.lokomotiv.uz


InterFutbol.uz нинг Telegram даги саҳифасига уланинг – энг сўнгги янгиликлар, қизиқарли блоглар ва таҳлилий материаллар энди бир тўпламда.

Оммабоп мақолалар

Хабарингиз борми

Чемпионатлар

тўлиқ жадвал »
  • Миллий терма жамоанинг янги бош мураббийи Сречко Катанецнинг Ўзбекистондаги келажагига қандай баҳо берасиз?


«ИнтерФУТБОЛ» газетасининг расмий сайти.
Гувоҳнома № 0149. Берилган санаси: 25.06.2008 Муассис: «ИНТЕРФУТБОЛМЕДИА» МЧЖ.
Бош муҳаррир: Аҳадхон АБДУҲАМИТОВ.
Таҳририят манзили: 160400, Косонсой шаҳри,Чорбоғ кўчаси, 17-уй.
Электрон манзил: info@interfutbol.uz