Қайднома

Қидирув

УЕФА вакиллари ЎФАнинг иш фаолиятини яқиндан ўрганмоқда

УЕФА вакиллари ЎФАнинг иш фаолиятини яқиндан ўрганмоқда

  11.03.2020 15:21
  0
  287
УЕФА вакиллари ЎФАнинг иш фаолиятини яқиндан ўрганмоқда

Oʼzbekiston futbol assotsiatsiyasi yurtimizda futbol ommaviyligini oshirish, mavjud infratuzilmani yaxshilash, mamlakatimizda “millionlar oʼyini” yanada ravnaq topishiga qaratilgan tizimli loyiha va tashabbuslarni amalga oshirib kelmoqda.

Endilikda Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi – UEFA bilan ham hamkorlikda bir qancha loyihalar amalga oshiriladi.

UEFA Assist tashabbusi doirasida tashkilotning xalqaro aloqalar boshqarmasi rahbari Yeva Paske boshchiligidagi UEFA delegatsiyasi yurtimizda bo’lib turibdi. Yevropalik mehmonlar 13-martga qadar OʼFAning ish-faoliyati bilan yaqindan tanishadi. Tashrif doirasida OʼFA rahbar hamda xodimlari bilan, PFL va Coca Cola Superliga klublari vakillari bilan, muxlislar, yurtimizda faoliyat yuritayotgan OAV vakillari bilan ham uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

OʼFA hamda PFLning har bir yoʼnalish boʼyicha olib borayotgan faoliyati UEFA mutaxassislari tomonidan atroflicha oʼrganilib, yakunda assotsiatsiya ish faoliyati samaradorligini oshirish, yurtimizda futbol rivojlanish darajasini yanada koʼtarishga yoʼnaltiriluvchi qoʼshma loyihalar, mutaxasislarning Yevropaning yetakchi assotsiatsiyalarida malaka oshirishi, qolaversa Oʼzbekistonning turli yoshdagi terma jamoalarining muntazam ravishda Yevropada tashkil etiladigan xalqaro musobaqalarda ishtirokini taʼminlash kabi masalalar muhokama qilinmoqda.


Манба: www.ufa.uz


InterFutbol.uz нинг Telegram даги саҳифасига уланинг – энг сўнгги янгиликлар, қизиқарли блоглар ва таҳлилий материаллар энди бир тўпламда.

Оммабоп мақолалар

Хабарингиз борми

Чемпионатлар

тўлиқ жадвал »
  • Миллий терма жамоанинг янги бош мураббийи Сречко Катанецнинг Ўзбекистондаги келажагига қандай баҳо берасиз?


«ИнтерФУТБОЛ» газетасининг расмий сайти.
Гувоҳнома № 0149. Берилган санаси: 25.06.2008 Муассис: «ИНТЕРФУТБОЛМЕДИА» МЧЖ.
Бош муҳаррир: Аҳадхон АБДУҲАМИТОВ.
Таҳририят манзили: 160400, Косонсой шаҳри,Чорбоғ кўчаси, 17-уй.
Электрон манзил: info@interfutbol.uz