15-mart kuni «Lokomotiv» o'z maydonida «Buxoro»ni qabul qiladi.
Superliganing 3-turidan o'rin olgan mazkur bahs «Lokomotiv» stadionida bo'lib o'tadi va 17:00da boshlanadi.
Bungacha «Loko» o'z maydonida «Buxoro»ga qarshi 15 o'yin o'tkazgan bo'lib, shundan 12tasida g'alaba qozongan va 3 bor mag'lubiyatga uchragan.
«Temiryo'lchilar» shu paytgacha «Buxoro» darvozasiga 36ta gol urib, o'z darvozalaridan 14 bor to'p o'tkazib yuborgan. 36 goldan 35tasini «Loko» futbolchilari raqib darvozasiga kiritgan. Bitta gol raqib darvozaboni hisobiga avtogol sifatida qayd etilgan.
Shu paytgacha Toshkentda bo'lib o'tgan o'yinlarda «Buxoro» darvozasiga eng ko'p gol urgan futbolchilar to'rt nafarni tashkil etyapti. Bular - Zayniddin Tojiyev, Farhod Tojiyev, Marat Bikmayev va Sardor Mirzayev bo'lib, turli yillarda 3tadan to'p kiritishgan.
Hozirgi paytda «Buxoro» darvozasiga gol urgan futbolchilardan Marat Bikmayev, Temurxo'ja Abduxoliqov, Oleg Zoteyev va Diyor Turopov hamon «temiryo'lchilar» sharafini himoya qilib kelmoqda.
Quyida «Buxoro» darvozasiga gol urgan futbolchilarni keltirib o'tamiz:
3 gol - Zayniddin Tojiyev, Farhod Tojiyev, Marat Bikmayev, Sardor Mirzayev.
2 gol - Marsel Idiatullin, Olim Navkarov, Ivan Nagayev.
1 gol - Viktor Klishin, G'ulom Halimtoyev, Saidkomil Akbarov, Ilhom Mo'minjonov, Ilnur Xazigaliyev, Pavel Solomin, Dilshod Jabborov, Fozil Musayev, Server Jeparov, Murod Bobojonov, Ikrom Aliboyev, Anzur Ismoilov, Temurxo'ja Abduxoliqov, Sanjar Shoahmedov, Aziz Amonov, Oleg Zoteyev, Diyor Turopov.
1 avtogol - Muhiddin Xudoyorov («Buxoro»).
«Локомотив» клуби матбуот хизмати
Манба: www.interfutbol.uz
Киритилган сана: 17.12.2017 17:00
Киритилган сана: 23.11.2017 06:27
Киритилган сана: 29.10.2017 17:51
Киритилган сана: 20.12.2017 09:09
Киритилган сана: 26.11.2017 06:28
Киритилган сана: 29.12.2017 00:29
Киритилган сана: 16.05.2017 14:23
Киритилган сана: 23.07.2017 22:07
Киритилган сана: 24.11.2017 00:17
Киритилган сана: 21.09.2017 12:35
Киритилган сана: 16.01.2018 04:31
Киритилган сана: 07.01.2017 14:02
Киритилган сана: 05.11.2017 13:21
Киритилган сана: 09.10.2017 00:15
Киритилган сана: 08.05.2017 04:20