«Lokomotiv» PFK Uztelecom kompaniyasi bilan rasmiy hamkorlikni yo'lga qo'yganiga bir yil bo'ldi. Shu munosabat bilan bugun kompaniya ofisida jamoamiz futbolchilari hamda Uzonline internet foydalanuvchilari orasida aksiya tashkil qilinib, g'oliblarga sertifikat va sovg'alar ulashildi.
Uzonline internet tizimidan foydalanuvchilar orasida viktorina o'tkazgan kompaniya xodimlari tanlov g'oliblarini taqdirlashni mamnuniyat bilan «Loko» fubolchilariga topshirishdi.
Ushbu aksiyada ishtirok etgan jamoamiz sardori Ignatiy Nesterov hamda Marat Bikmayev, Oleg Zoteyev, Davron Hoshimov, Sherzod Fayziyev, Slavko Damyanovich, Kirill Pogrebnyak, Davron Umirov, Abdul Aziz Yusupov, Ibrohim G'anixonov, Dilshod Komilov kabi futbolchilarimiz kompaniya va «Lokomotiv» PFK ajratgan sovg'alarni o'z egalariga taqdim etishdi.
Viktorina g'oliblarining «Loko» futbolchilari bilan uchrashuvi muxlislarda, shuningdek kompaniya xodimlarida iliq taassurot qoldirdi. Bundan tashqari o'zaro hamkorlik samarasi o'laroq Uztelecom tomonidan jamoamiz a'zolariga sertifikat asosida chiroyli Uzmobile raqamlari taqdim etildi.
«Lokomotiv» PFK va Uztelecom hamkorligi davom etadi. Uzmobile raqamlari va Uzonline internet tizimidan foydalanib hayotingizni yanada charog'on qiling.
«Локомотив» клуби матбуот хизмати
Манба: www.interfutbol.uz
Киритилган сана: 17.12.2017 17:00
Киритилган сана: 23.11.2017 06:27
Киритилган сана: 29.10.2017 17:51
Киритилган сана: 20.12.2017 09:09
Киритилган сана: 26.11.2017 06:28
Киритилган сана: 29.12.2017 00:29
Киритилган сана: 16.05.2017 14:23
Киритилган сана: 23.07.2017 22:07
Киритилган сана: 24.11.2017 00:17
Киритилган сана: 21.09.2017 12:35
Киритилган сана: 16.01.2018 04:31
Киритилган сана: 07.01.2017 14:02
Киритилган сана: 05.11.2017 13:21
Киритилган сана: 09.10.2017 00:15
Киритилган сана: 08.05.2017 04:20