Қайднома

Қидирув

UZREPORT tv Жанубий Корея чемпионатини трансляция қилади

UZREPORT tv Жанубий Корея чемпионатини трансляция қилади

  09.05.2020 19:46
  0
  183
UZREPORT tv Жанубий Корея чемпионатини трансляция қилади

Butun dunyoda koronavirus tufayli yuzaga kelgan pandemiya ortga chekinib, asta-sekin futbol musobaqalari yana qaytmoqda.

Osiyo mamlakatlari ichida eng ilg'ori hisoblangan Koreya 1 ligasi musobaqasi start oldi.

Jonli futbolni sog'inib qolgan muxlislar qiziqishidan kelib chiqqan holda, UZREPORT  Janubiy Koreya milliy chempionati — Key Ligasi o'yinlari translyatsiyasi huquqini sotib oldi. Mazkur chempionatning o'zbekistonlik futbol muxlislari uchun yana bir e'tiborli tomoni shundaki, ushbu musobaqada bir qator o'zbek futbolchilari legioner sifatida to'p surishadi. Jumladan, Jamshid Iskandarov "Seongnam"da,  Rustam Ashurmatov "Kvanju"da, Doston Tursunov "Pusan Ay Park"da, Ikrom Aliboyev esa "Seul" klubida to'p surmoqda.

FUTBOL TV telekanalida Key Ligadan ilk namoyish 10 may kuni hamyurtimiz Ikrom Aliboyev to'p surayotgan "Seul" hamda "Kanvon" klublari ishtirokidagi o'yin bilan boshlanadi.

Translyatsiya doirasida Key Liga g'olibligi uchun asosiy da'vogar jamoalar uchrashuvlari namoyishi rejalashtirilgan.

Bu o'yinlar orqali nafaqat o'zbekistonlik legionerlar faoliyati, balki Osiyo maydonlaridagi asosiy raqibimiz bo'lgan Janubiy Koreya futboli bilan ham tanishib borish imkoniyatimiz bor.

Ma'lumot uchun, Koreya Key ligasida 12ta jamoa qatanashadi.Musobaqa 8 maydan 8 noyabrgacha o'tkazilishi rejalashtirilgan.

FUTBOL TV telekanalida jonli futbol translyatsiyalardan bahra oling!

Syurprizlar mavsumi davom etadi!

UZREPORT матбуот хизмати


Манба: www.interfutbol.uz


InterFutbol.uz нинг Telegram даги саҳифасига уланинг – энг сўнгги янгиликлар, қизиқарли блоглар ва таҳлилий материаллар энди бир тўпламда.

Оммабоп мақолалар

Хабарингиз борми

Чемпионатлар

тўлиқ жадвал »
  • Вадим Абрамов миллий терма жамоамизни ЖЧ-2022 олиб чиқишига ишонасизми?


«ИнтерФУТБОЛ» газетасининг расмий сайти.
Гувоҳнома № 0149. Берилган санаси: 25.06.2008 Муассис: «ИНТЕРФУТБОЛМЕДИА» МЧЖ.
Бош муҳаррир: Аҳадхон АБДУҲАМИТОВ.
Таҳририят манзили: 160400, Косонсой шаҳри,Чорбоғ кўчаси, 17-уй.
Электрон манзил: info@interfutbol.uz