Қайднома

Қидирув

«Локомотив» янги футболчиларини таништирди (фотогалерея)

«Локомотив» янги футболчиларини таништирди (фотогалерея)

  25.02.2020 20:51
  0
  214
«Локомотив» янги футболчиларини таништирди (фотогалерея)

Toshkentdagi “Orient Finans Bank” majlislar zalida “Lokomotiv“ yangi mavsum oldidan oʻz tarkibiga qoʻshib olgan futbolchilarning tanishtiruv marosimini oʻtkazdi.

Ushbu tadbirni “Lokomotiv“ bosh direktori oʻrinbosari Toʻlabek Akramov hamda bosh murabbiy Andrey Fyodorov ochib berishdi.

1h4a8405

Toʻlabek Akramov: — Barchani yangi mavsum bil tabriklayman. Chempionatdagi jamoalarga omad tilayman. “Lokomotiv“ 2019-yilning dekabridan buyon yangi mavsumga tayyorgarlik koʻrmoqda. Jamoa BAAda oʻqush-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazdi. Bu biz OCHL pley-off bahsiga tayyorgarlik vazifasini oʻtab berishi kerak edi. Afsuski, oʻyinda omadimiz kelmadi. Alamli magʻlubiyatga uchradik. Umuman olganda jamoamiz shundan soʻng bir necha sinov-nazorat oʻyinlarini oʻtkazdi. Xatolar ustida ishladik, murabbiylar shtabi ham muammolarni koʻrib chiqishdi.

Andrey Fyodorov: — Xayrli kun. “Lokomotiv“ ushbu mavsumda umuman boshqacha koʻrinishga ega boʻladi. Jamoamiz matbuot koʻz oʻngida yangi mavsumga tayyorlandi. Jamomiz yana yangicha koʻrinish olmoqda. Garchi koʻplab futbolchilar jamoani tark etib, yangilar olingan boʻlsa-da, mavsumdagi vazifalarimiz oʻzgarmaydi. Yangi futbolchilarning sifatlari anchagina yuqori va ular jamoani kuchaytira olishadi. Biz yigʻinlar davomida yoshlik va tajribani uygʻunlashtirishga intildik. Jamoani kim boshqarsa ham, kimlar oʻynasa ham, bizning maqsadlarimiz oʻzgarmaydi. Sovrinlar yutish — “Lokomotiv“ning asosiy vazifasi.

– Islom Toʻxtaxoʻjayev “Lokomotiv“ni tark etgandi. Xitoydagi muammolar sabab uning klub bilan shartnomasi bekor qilingan deb eshitdim. U “Lokomotiv“ga qaytishi mumkinmi?

Andrey Fyodorov: — Islom dekabrda Xitoyga ketgandi. U borasidagi vaziyatni kuzatib boryapmiz. U jamoamiz tarkibida mashgʻulotlarni davom ettirmoqda. Hozirda ham u Xitoy chempionatining boshlanishini kutyapti. U oʻz kuchini boshqa chempionatda sinab koʻrishni qattiq istamoqda.

– Sobiq futbolchilarni yana jamoaga qaytarishga nima sabab boʻldi?

Andrey Fyodorov: — Ularning mahorati. Jamoaga tajribali futbolchilar kerak. Boshida aytgandim, bizga tajriba va yoshlik oʻrtasidagi balans kerak. Ular oʻyindagi holatni ushlab tura olishadi.

– Tojikistonlik futbolchi borasidagi ish qanday yakun topdi?

Andrey Fyodorov: — Alisher Jalilov bilan muzokaralar olib bordik. U bilan maoshini kelisha olmadik. Oybekni biz ancha vaqtdan buyon kuzatib bordik. U hozirda oʻzining yuqori jismoniy holatida. U shu orqali jamoaga katta foyda keltira olishi mumkin. Bizga sifatli futbolchilar kerak. Bu borada biz rahbariyat bilan doimo muloqotdamiz va har tomonlama oʻylab koʻrib ish qilamiz.

Shundan soʻng futbolchilar tanishtirildi.

Shahzod Shaymanov: — Assalomu alaykum. “Lokomotiv“ga kelganimdan xursandman. Klub rahbariyati menga taklif bilan chiqishdi. Koʻp oʻylamasdan men bunga rozilik berdim. “Lokomotiv“ doimo oʻz oldiga katta maqsadlar qoʻyadi. Shu boisdan biz “Lokomotiv“ga chempionlik uchun yordam berishga tayyormiz.

1h4a8420

Davron Umirov: — Murabbiylar shtabidan menga taklif bilan chiqishdi. Xudo xohlasa, gʻalabaga erishib, chempionlikni qoʻlga kiritib, kelasi mavsumda OCHLda qatnashishni istaymiz.

1h4a8448

Kaxi Maxaradze: — “Lokomotiv“ga qaytganimdan, ular menga bunga imkoniyat yaratishganidan xursandman. “Lokomotiv“ mening uyim. Bu yerni yaxshi koʻraman.

1h4a8457

Kirill Pogrebnyak: — “Lokomotiv“ bilan bir maqsad yoʻlida birlashdik. Bundan xursandman. Yuqori natijalarga erishishga intilamiz.

1h4a8473

Akam Nikolay bilan gaplashdim. U bu yerda yaxshi jamoa borligini, maqsadlar yuqoriligini aytdi va “Lokomotiv“ni taklif qildi. Ha, uning “Lokomotiv“dagi faoliyati unchalik omadli boʻlmadi. Biroq futbolda bunday holat boʻlib turadi.

Slavko Damyanovich: — Hammaga salom. Oʻzbekistonning eng kuchli jamoalaridan biriga kelganimdan xursandman. “Lokomotiv“ yaxshi jamoa. 2 mobaynida chempionatga qattiq tayyorgarlik koʻrdik. Hammamiz chempionlik uchun kurashyapmiz. Men ham oʻzimni koʻrsatishga intilaman.

1h4a8473

Marat Bikmayev: — Barchasi yaxshi boʻldi. “Paxtakor“ bil shartnomam yakunlangandi. Hammasi oddiy. “Lokomotiv“ga erkin agent sifatida qaytdim. Jonajon jamoam. Kuchim qolguncha “Lokomotiv“ uchun kurashishga tayyorman.

1h4a8481

Kamron Saydazimov: — “Lokomotiv“dan taklif boʻlganida oʻylab ham oʻtirmasdan ijobiy javob berdim. “Lokomotiv“ning oldidagi maqsadlarini eʼtiborga olsak, bu men uchun oldinga katta qadam tashlash boʻladi.

1h4a8492

AGMK bilan shartnomam tugagandi. “Lokomotiv“ tarkibida esa men asosiy futbolchi boʻlishga intilaman.

Abdul Aziz Yusupov: — “Surxon“ bilan shartnomam yakunlangandi. “Lokomotiv“ning taklifi menga yoqdi. Xudo xohlasa “Lokomotiv“ning oldidagi yuqori maqsadlarini bajarishda oʻzimizning yordamimizni berishga tayyormiz.

1h4a8504

Raqobat barcha joyda bor. Toʻgʻri, “Lokomotiv“da hujumchilar juda kuchli. Raqobat oʻz oʻrnida futbolchilarga oʻsishga katta yordam beradi.

Oybek Qilichev: — “Lokomotiv“dagilar menga ishonch bildirishganidan mamnunman. Chempionlik oldimizga maqsad qilib qoʻyilgan. Biz har tomonlama bu vazifani bajarish uchun intilamiz.

1h4a8524

Ha, oʻtgan yili ilk golni men urgandim. Bu yil bu golni qanday nishonlashim borasida oʻylab koʻrmadim. Oldin golni urib olay, keyin oʻylab koʻraman.

Sherzod Fayziyev: — “Lokomotiv“ menga begona emas. Uyim, oilam, barchasi shu yer bilan bogʻlangan. Rahbariyat menga katta ishonch bildirdi. Endi ularning ishonchini oqlash kerak.


Манба: www.lokomotiv.uz


InterFutbol.uz нинг Telegram даги саҳифасига уланинг – энг сўнгги янгиликлар, қизиқарли блоглар ва таҳлилий материаллар энди бир тўпламда.

Оммабоп мақолалар

Хабарингиз борми

Чемпионатлар

тўлиқ жадвал »
  • Вадим Абрамов миллий терма жамоамизни ЖЧ-2022 олиб чиқишига ишонасизми?


«ИнтерФУТБОЛ» газетасининг расмий сайти.
Гувоҳнома № 0149. Берилган санаси: 25.06.2008 Муассис: «ИНТЕРФУТБОЛМЕДИА» МЧЖ.
Бош муҳаррир: Аҳадхон АБДУҲАМИТОВ.
Таҳририят манзили: 160400, Косонсой шаҳри,Чорбоғ кўчаси, 17-уй.
Электрон манзил: info@interfutbol.uz